11:53 (13.06.2025)

63

Nima uchun bunday tartib yoʼlga qoʼyilgan?

Qarindoshim onkologik kasallikdan vafot etdi. Uyda bemorning retsept asosida olgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qolgandi, buni poliklinika xodimlari kelib olib ketdi. Nima uchun bunday tartib yo‘lga qo‘yilgan?

Kompaniyaning @Doridarmon_aloqabot iga yurtdoshimiz tomonidan savol yo‘llangan.

Bu tartib onkologik bemorlar uyida vafot etgandan keyin qolgan giyohvandlik vositalaridan noto‘g‘ri foydalanishning oldini olish maqsadida joriy etilgan va qonuniy asosga ega.

Davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari vafot etgan onkologik bemorning qarindoshlari tomonidan topshirilgan foydalanilmagan retseptlar, giyohvandlik vositalari qoldiqlari va foydalanilgan giyohvandlik vositalarining bo‘sh ampulalari hisobi yuritilishini tashkil etishlari zarur.

Davolash-profilaktika muassasasi bo‘yicha buyruq bilan hisobdan chiqarish va yo‘q qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsga foydalanilmagan retseptlar, tarkibida giyohvandlik vositalar bo‘lgan dori-darmon preparatlari qoldiqlarini, bo‘sh ampulalarni qabul qilishni tashkil etish vazifasi yuklanadi.

Mazkur xodim ambulatoriya kartasiga yozilgan navbatdagi retsept olingan paytdan boshlab preparat sarfini taqqoslashi zarur. Topshirilgan retseptlar va preparatlar soni, ularning nomlari va dorivor shakli (ampula, tabletka, kukun) tartib raqami qo‘yilgan, ip o‘tkazib tikilgan, muassasa rahbari tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan maxsus jurnalda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Topshirilgan retseptlar va dorivor preparatlar yo‘q qilingunga qadar seyfda yoki metall shkaflarda saqlanishi kerak.

Asos 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech