10:44 (18.07.2024)

528

Nogironlikni elektron tarzda belgilash tartibi yoʼlga qoʼyiladi

“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident Qarori (PQ-257-son, 16.07.2024 y.) qabul qilindi

 Qarorga koʼra, Nogironlikni belgilashning quyidagi tartibi joriy etiladi:

2024 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahri va Navoiy viloyatining tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, 2025 yil 1 sentyabrgacha respublikaning qolgan hududlarida:

- fuqarolarga nogironlikni belgilash boʼyicha YaIDXP (my.gov.uz), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;

- tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) koʼrigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yoʼllash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshiriladi;

- “Inson” markazlari xodimlari tomonidan 18 yosh va undan katta shaxslarning funktsionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2025 yil 1 sentyabrgacha nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmaydi;

- shaxs sogʼligʼining holatiga koʼra “Inson” markazlariga borish imkoniga ega boʼlmaganda sogʼligʼining holati va funktsionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda boʼlgan statsionarda oʼtkaziladi;

- 2024 yil 1 oktyabrdan ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulьmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.

2025 yil 1 apreldan:

- fuqarolarni TIEK koʼrigiga yoʼllash uchun lozim boʼlgan amaldagi davolanish muddatlari boʼyicha talab bekor qilinadi hamda har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanadi;

- TIEK tomonidan kasbga, sportga va taʼlimga tavsiya berish tartibi bekor qilinadi;

- TIEKning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilashga oid funktsiyalari davlat tibbiyot muassasalariga oʼtkazilishi orqali tugatiladi;

- 18 yoshdan katta shaxslarga nogironlikni belgilashda nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, shuningdek, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligiga oid maʼlumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantiriladi.

 2025 yil 1 sentyabrdan tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan faqat tibbiy hujjatlarga asosan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlikni shaxs sogʼligʼining holati va funktsionallikni baholash natijalaridan kelib chiqib elektron tarzda belgilash tartibi yoʼlga qoʼyiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech