11:49 (06.12.2024)
857
Daniyaning "Novo Nordisk" farmatsevtika ishlab chiqaruvchisi 2026-yil yanvardan boshlab AQShda ikkita insulin dori vositasining chakana narxlarini 70 foizdan ko‘proqga pasaytirishini ma’lum qildi. Shunday qilib, Fiasp narxi 75% ga, Tresiba esa 72,2% ga arzonlashtiriladi, deyiladi kompaniya bayonotida.
2024-yilda farmatsevtika giganti NovoLog (75%), Novolin va Levemir (65%) diabetga qarshi dori vositalari narxlarini pasaytirdi. Ushbu qadamga 2023-yil fevral oyida diabetga qarshi dori-darmonlar narxini 70 foizga (oldingi 82 dollardan 25 dollargacha) pasaytirish rejalarini e’lon qilgan Amerikaning Eli Lilly kompaniyasining xuddi shunday qarori sabab bo`ldi.
Shunday qilib, kompaniyalar bir necha bor dori ishlab chiqaruvchilarga murojaat qilib, aholi uchun insulinni arzonlashtirishga chaqirgan Amerika hukumatining iltimosiga quloq tutishdi.