18:00 (16.10.2025)

94

Farmatsevtlar uchun “Supravit” vitaminlari bo‘yicha o‘quv-trening tashkil etildi

Vitaminlar inson organizmining normal ishlashi va sog‘lom bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan organik birikmalardir.

Vitaminlar organizm tomonidan ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun ularni oziq-ovqat mahsulotlari yoki qo‘shimchalar orqali olish kerak. Shu sabab ham vitaminlar tanqisligi sog‘liqda turli buzilishlarga olib kelishi mumkin.

Bugun “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi dorixonalarda faoliyat ko‘rsatayotgan farmatsevtlar uchun tashkil etilgan navbatdagi o‘quv –tering ayni “Vitaminlarning -inson salomatligida o‘rni” mavzusiga bag‘ishlandi. Ushbu tadbir Kendy Pharma kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

Unda Bolgariyaning “Kendy Pharma” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan “Supravit”  turli vitaminlari, ularning tarkibi, inson salomatligidagi o‘rni va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Treningda ta’kidlanganidek, “Supravit” — bu vijillovchi shakldagi vitamin va minerallar seriyasi bo‘lib, ular organizmni muhim moddalar bilan ta’minlash, immunitetni mustahkamlash va kundalik hayotda energiya manbai sifatida xizmat qiladi. 

Farmatsevtlarga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Supravit” brendi quyidagi afzalliklarga ega:

✔️ Yevropa standartiga mos ishlab chiqarish.

✔️ Qulay narx — sifat va narx o‘rtasida muvozanat saqlangan, aholi uchun keng ommabop.

✔️ Qulay qo‘llash usuli — vijillovchi tabletkalar suvda tez eriydi va organizm tomonidan oson o‘zlashtiriladi.

✔️ Yoqimli ta’m — bolalar va kattalar uchun mos keladigan mazali ta’m.

✔️ Keng tanlov imkoniyati —8 xil mahsulotdan iborat to‘liq liniya mavjud.

✔️ Xalqaro standartlarga mos sifat nazorati.

✔️ O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlangan.

Trening yakunida ishtirokchilar mahsulot bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr va tajriba almashdilar.

Ma’lumot uchun: Kendy Pharma — 1992-yilda Bolgariyada tashkil etilgan, zamonaviy vitamin va mineral qo‘shimchalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xalqaro kompaniya. Uning mahsulotlari 80 dan ortiq mamlakat bozorida mavjud.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech