10:05 (04.12.2023)
1481
Ogʻriq qoldiruvchi vositalar inson buyragi faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Urolog-andrologi Artur Bogatyrev Gazeta.Ru nashriga bergan intervyusida bu haqda gapirdi.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, yetarli miqdorda suv ichmasdan buyrakning yaxshi ishlashini tasavvur qilib boʻlmaydi.
“Ushbu organ chiqarish vazifasini bajarib, organizmdan toksinlarni olib tashlagani uchun unga suyuqlik kerak. Agar yetarli darajada suyuqlik boʻlmasa, buyraklarga qon oqimi zaiflashadi va ular oʻz funksiyalarini toʻliq bajarishni toʻxtatadi ", dedi u.
Mutaxassis kattalar uchun optimal suv miqdori- 8-10 stakan (kuniga) ekanligini taʼkidladi. Koʻp suv ichish ham buyraklarga salbiy taʼsir qiladi.
Urolog, shuningdek, tuzni koʻp isteʼmol qilishning zararli taʼsirini ham qayd etdi. Ortiqcha tuz buyraklarni toʻxtovsiz ishlashga majbur qiladi. Vaqt oʻtishi bilan bu organ funksiyasining pasayishiga va natijada tanadagi suvni ushlab turishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ortiqcha tuz siydikda protein miqdori oshishiga olib keladi, bu ham buyraklar holatiga salbiy taʼsir qiladi. Shifokorning fikriga koʻra, kuniga 5 grammdan koʻp boʻlmagan tuz isteʼmol qilish tavsiya etiladi.
Yana bir xavf omili - bu dori-darmonlarni notoʻgʻri, nazoratsiz ishlatish.
“Biz ogʻriq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish kabi yomon odatni qayd etmasdan ilojimiz yoʻq, bu qon oqimini buzadi. Ulardan uzoq muddat foydalanish oʻtkir buyrak yetishmovchiligi va boshqa xavfli buyrak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin”, — deya qoʻshimcha qildi shifokor.
U buyraklar holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yana bir sabab sifatida siydik pufagi toʻlganida uzoq vaqt ushlab turishlikni aytdi. Birinchidan, bu siydik tizimidagi infeksiyalarning rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin, ikkinchidan, buyraklardagi bosimni oshiradi.
Bundan tashqari shifokor, tamaki chekish va va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish kabi butun tanaga zarar etkazadigan yomon odatlarni ham taʼkidlab oʻtdi. Ular buyraklarga juda jiddiy zarar yetkazadi.
Urolog sifatli uyqu buyrak salomatligi uchun muhim ekanligini taʼkidladi. Ushbu odatning yetishmasligi koʻpincha yuqori qon bosimi va arteriyalarning bloklanishiga olib keladi, bu esa buyrak kasalligini qoʻzgʻatadi.