13:47 (31.05.2024)
748
Unga koʼra, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonunga dori moddalarini (substantsiyalarni) davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibining bekor qilinishini nazarda tutuvchi oʼzgartirish kiritildi.
Shu bilan birga “Fuqarolar sogʼligʼini saqlash toʼgʼrisida”gi hamda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʼgʼrisida”gi qonunlarga dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlash vakolati Sogʼliqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklandi.
Shuningdek retseptsiz yoki shifokor retsepti boʼyicha beriladigan dori vositalari toʼgʼrisidagi axborotni ularning tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomalarda hamda Tibbiyot amaliyotida qoʼllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrida koʼrsatish talabi joriy etildi.
Bundan tashqari import oʼrnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʼgʼrisida”gi Qonunga yuridik shaxslarga IV roʼyxat doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim prekursorlarni tegishli litsenziyalarga asosan ishlab chiqarish va tayyorlash huquqi berildi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.