08:55 (05.12.2023)

1435

Qandli diabet xavfini kamaytirish uchun qanday tezlikda yurish kerakligi aniqlandi

Xalqaro ekspertlar guruhi 2-toifa diabet xavfini kamaytirish uchun kerakli yurish tezligini aniqladi. Ish natijalari British Journal of Sports Medicine jurnalida chop etildi.

 Ilgari olimlar muntazam yurish 2-toifa diabet rivojlanish ehtimolini kamaytirish bilan bogʻliqligini aniqlashgan edi. Biroq, optimal yurish tezligi qanday ekanligi nomaʼlum edi. Bunga aniqlik kiritish uchun mualliflar 1999 va 2022-yillarda chop etilgan oʻnta tadqiqotni koʻrib chiqdilar. Ularda AQSH, Yaponiya va Buyuk Britaniyadan jami 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etishgan.

 Tahlillar natijasida 2-toifa diabet rivojlanish xavfi soatiga uch kilometrdan kamroq masofada yurish bilan solishtirganda soatiga uch-besh kilometr tezlikda (yurishning umumiy vaqtidan qatʼiy nazar) 15 foizga kamayishi aniqlandi. Shu bilan birga, tez yurish (soatiga besh-olti kilometr) kasallik ehtimolini 24 foizga kamaytirdi. Soatiga olti kilometr tezlikda yurgan ishtirokchilarda diabetga chalinish ehtimoli 39 foizga kamaygan.

 Yurish tezligining har bir kilometrga oshishi 2-toifa diabet rivojlanish xavfining 9 foizga kamaytiradi.  Shu bilan birga, erkaklar uchun soatiga 4 kilometr tezlikda daqiqada minimal qadamlar soni 87, ayollar uchun esa 100 ni tashkil qiladi.

 Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bunday effekt  yuqori yurish tezligi yurak-nafas olish tizimini, mushaklar kuchini yaxshilashi, shuningdek, vaznni kamaytirishi hisobiga yuzaga keladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech