10:01 (29.01.2024)

1522

Oʼzbekistonliklar koʼproq qaysi kasalliklardan vafot etmoqda?

Statistika agentligi bergan maʼlumotlarga koʼra, Oʼzbekistonda oʼtgan yili 95 000 nafar erkak, 77 800 nafar ayol vafot etgan.

Mamlakatda 2023 yil yanvar – dekabr oylarida jami 172 800 kishi olamdan oʼtgan. Vafot etganlarning 93 600 nafari shaharlar, 79 200 nafari qishloqlar aholisi hissasiga toʼgʼri kelgan.

Vafot etganlar orasida mehnatga layoqatli yoshdagilar 24,6 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 8,8 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 66,6 foizni tashkil etgan.

Аgentlik oʼtgan yil davomida qayd etilgan oʼlimlarning 61,1 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan kelib chiqqanini maʼlum qilgan. Shuningdek:

10,8 foizi — oʼlimlar oʼsimtalardan;

5,5 foizi — nafas olish aʼzolari kasalliklaridan;

4,8 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan;

4,1 foizi — ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklaridan;

1,3 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan;

12,4 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Oʼtgan yili eng koʼp oʼlimlar Samarqand viloyatida qayd etilgan — 19 388 ta. Shu bilan birga, Fargʼona (18 658 ta), Qashqadaryo (16 424 ta), Аndijon (15 877 ta), Toshkent viloyatlari (15 537 oʼlim) hamda Toshkent shahrida (15 616 ta) oʼlimlar soni nisbatan yuqori boʼlgan.

Oʼlimlarning oʼsish surʼati eng yuqori darajasi Navoiy, Sirdaryo Toshkent, Аndijon viloyatlari va Qoraqalpogʼistonda qayd etilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech