08:50 (15.05.2025)

120

Quloq infeksiyasini 24 soat ichida davolash usuli topildi

Amerikalik tadqiqotchilar bir kunda o‘tkir o‘rta otitni yengillashtiradigan gelni ishlab chiqdi.

ACS Nano jurnalidagi hisobotga ko‘ra, yangi dori laboratoriya hayvonlarida infeksiyani 24 soat ichida nojo‘ya ta’sirlarsiz yoki qaytalanish xavfisiz yo‘q qilgan.

Bir necha kun davomida qabul qilinishi kerak bo‘lgan standart antibiotiklardan farqli o‘laroq, yangi preparat to‘g‘ridan to‘g‘ri quloq pardasiga qo‘llaniladi. Bu oshqozon-ichak traktidagi og‘irlikni kamaytiradi va antibiotiklarga qarshilik rivojlanishini oldini oladi.

Olimlar preparat quloq pardasining himoya to‘sig‘ini yengib o‘tishi uchun siprofloksatsin antibiotigini manfiy zaryadli lipozomalarga joylashtirdi. Lipozomalar tana haroratida qotib qoladigan va preparatning asta-sekin chiqarilishini ta’minlaydigan gidrogel bilan aralashtirildi.

O‘tkazilgan tajribalarda yangi formula 100 foiz yaxshi natija berdi: hayvonlarga bir marta qo‘llanilgandan keyin 24 soat ichida kasallikdan xalos bo‘lishdi va yallig‘lanish bir hafta davomida qaytalanmadi.

Mualliflarning fikricha, bunday terapiya yosh bolali oilalarga qo‘l keladi va antibiotiklar iste’molini kamaytirishi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech