15:10 (13.11.2025)
242
Sogʻliqni saqlash vazirining “Dori vositalarining asosiy farmakologik koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oluvchi klassifikatorlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Ushbu hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF–137-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.
Hujjatga asosan klassifikatorlar 4 yoʻnalishga ajratilgan:
1️⃣ Dori shakllari boʻyicha klassifikator
– Dori moddasining agregat holati (qattiq, suyuq, gazsimon va b.);
– Dori shakli (tabletka, eritma, kapsula, gel va b.);
– Toʻliq texnologik shakli (masalan, milkka surtish uchun gel, dorivor shampun).
2️⃣ Anatomo-terapevtik va kimyoviy xususiyatlari boʻyicha klassifikator
– Anatomik tizim (masalan, nerv tizimi);
– Terapevtik guruh (psixotrop vositalar);
– Farmakologik va kimyoviy guruh nomlari.
3️⃣ Dori vositalarini organizmga yuborish usullari boʻyicha klassifikator
– Dori vositasini yuborishning 83 ta usuli (masalan: til ostiga, quloq orqali, bachadon ichiga).
4️⃣ Xalqaro patentlanmagan nomlar boʻyicha klassifikator
– 9 mingdan ortiq dori moddalarining xalqaro miqyosda tan olingan haqiqiy nomlari (masalan: paratsetamol, ibuprofen, amoksitsillin).
Mazkur klassifikatorlar dori vositalarining yagona tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi, farmatsevtika sohasida aniqlik va tizimlilikni taʼminlashga xizmat qiladi.