15:00 (12.11.2025)
298
Jig‘ildon qaynashiga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan beshta xalqona usul holatni yomonlashtirishi mumkin. Ular qatorida osh sodasi eritmasi, mineral suv, saqich, kefir va sut bor.
«Jig‘ildon qaynashiga qarshi eng mashhur vosita - osh sodasi eritmasidan voz kechish kerak. Soda orqali hosil bo‘ladigan ishqoriy muhit oshqozon kislotasini tezda neytrallashtirishi mumkin, ammo bu ikki moddaning reaksiyasi issiqlik, karbonat angidrid va suv hosil qiladi. Bu shilliq qavatga zarar etkazishi, oshqozon bosimini oshirishi va vaziyatni yomonlashtirishi mumkin. Bundan tashqari osh sodasini tez-tez ishlatish bilan organizm aslida kislota ishlab chiqarishni ko‘paytira boshlaydi”, — dedi Gastroenterologi Olga Isayeva.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, mineral suv oshqozon-ichak tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa-da, odatda gazlangan ichimlik sifatida sotiladi. Bunday shakldagi suyuqlik oshqozon shilliq qavatini bezovta qiladi, shuningdek, pankreatit holatlarida oshqozon osti bezi shirasining ko‘proq ajralishiga olib kelishi mumkin.
«Saqich chaynash ham holatni og‘irlashtirishi mumkin. Yaqqol ta’mga ega yoki shakar qo‘shilgan saqich oshqozon kislotasi ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.
Kefir tarkibidagi foydali bakteriyalar hisobiga ichak faoliyatini meyorga solishi mumkin, ammo jig‘ildon qaynashi belgilari namoyon bo‘layotgan vaqtda uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu mahsulot me’da-ichak tizimida kislotalilikni oshiradi va noqulaylikni kuchaytiradi.
Sut ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lib, qisqa vaqt ichida kislotali muhitni neytrallashtirishi mumkin, biroq uning tarkibidagi yog‘ me’da shirasi ishlab chiqarilishini kuchaytiradi”, — deb tushuntirdi shifokor.
Shifokorning ta’kidlashicha, jig‘ildon qaynashi odatda me’dadagi yoki unga ta’sir etuvchi organlardagi ortiqcha bosim bilan bog‘liq bo‘lib, natijada bu uning tarkibidagi moddalarning qizilo‘ngachga qayta oqishiga olib keladi. Shuning uchun, hatto suv ham, oshqozon kislotasini qizilo‘ngachga qaytarish uchun meyorida iste’mol qilinishi kerak.