08:21 (27.05.2025)

184

Majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvi o‘tkaziladi

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlash bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Bunda:

♦ tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma olish talab etilmaydi;

♦ majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ogohlantirish beriladi;

♦ 2-marta ogohlantirish berilgandan so‘ng qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda belgilangan miqdorlarda jarima qo‘llanadi;

♦ jarima qo‘llanilgan tadbirkorlarga 1-yil davomida QQS summasining o‘rni qoplanmaydi.

2025-yil 1-sentyabrdan farmatsevtika faoliyati hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati bo‘yicha yangidan tashkil etilgan subyektlarga litsenziya berishda quyidagi qo‘shimcha shartlar kiritiladi:

• faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘chmas mulk bo‘yicha ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi;

• dori vositalarini realizatsiya qilishda xaridorlardan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha elektron to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilganligi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech