15:00 (25.07.2024)
908
Koʼzingiz yoshlanishi va qichishayotganini his qilsangiz, bu alomatni befarq qoldirmang. Koʼzlar bezovta boʼlganining sababini aniqlash va oʼz vaqtida choralar koʼrish keyinchalik yuzaga kelishi mumkin boʼlgan jiddiy muammolarning oldini olishi mumkin.
Nega koʼzlar yoshlanadi?
Koʼz yoshlari hosil boʼlishi tabiiy jarayon boʼlib, koʼz doimo oz miqdorda oʼzidan suyuqlik chiqarib turadi. Bu koʼzning shox pardasi qurib ketishiga yoʼl qoʼymaydi va shilliq qavatni dezinfektsiya qiladi. Koʼpincha koʼzdagi noqulaylik, odam uzoq vaqt davomida kompьyuter yoki televizor qarshisida oʼtirgandan soʼng paydo boʼladi. Quruq havo va yorugʼlikning yetarli darajada emasligi ham bu muammoga olib kelishi mumkin.
Toʼsatdan koʼz yoshlarining paydo boʼlishi va vaqt oʼtgani sayin koʼpayib borishi turli sabablarga (https://www.wday.ru/krasota-zdorovie/encyclopedia-zdorovia/pochemu-postoyanno-slezitsya-glaz/)koʼra sodir boʼlishi mumkin:
- B2 vitamini va mikroelementlarning yetishmasligi;
- OʼRVI va turli shamollashlar;
- Koʼz infektsiyalari.
Shuningdek:
Kontakt linzalar. Ularni uzoq muddat davomida taqish, ularning eskirishi yoki sifati buzilishi, gigiena va linzalardan foydalanish qoidalariga, mahsulotning yaroqlilik muddatiga rioya qilmaslikdan ham kelib chiqadi.
Kosmetika. Sifatsiz goʼzallik vositalari tufayli koʼzda yalligʼlanish paydo boʼlish ehtimoli yuqori. Koʼzlar uchun ishlatiladigan tush, ten kabi kosmetikalar tarkibida turli changlar, koʼz yoshlanishini keltirib chiqaradigan kimyoviy vositalar boʼlishi mumkin.
Аllergik reaktsiya. Baʼzi insonlar oʼsimlik gulchanglari, terakning paxmoq gullari, chang va kimyoviy moddalardan allergiyasi boʼladi va bunday allergenlar koʼz, burun, quloq va hatto tomoqqa taʼsir koʼrsatadi.
Koʼzlar charchashi yoki unga yot jism kirib ketishi. Аgar kasbingiz kompьyuterda uzoq vaqt ishlash yoki yorugʼlikka kam chiqishni taqozo etsa, koʼzlar qurishi va qizarishi, bir oz yoshlanishi kuzatilishi mumkin.
Koʼzlar yoshlanganda nima qilish kerak?
Koʼzdagi qizarish va yoshlanishni keltirib chiqargan sababga qarab uning davo chorasi aniqlanadi. Аvvalo, koʼzda yalligʼlanishni hosil qiladigan sabablarni bartaraf etish kerak, buning uchun koʼzlarni shamol yoki quyoshdan himoya qilish, kontakt linzalarini olib tashlash, koʼzga kirgan yot jismdan xalos boʼlish zarur.
- Oftalmolog bilan maslahatlashgan holda koʼzlar uchun maxsus tomchilardan foydalaning;
- Moychechak, sedana va kalendula qaynatmasi bilan koʼzlarni yuving;
- Аgar koʼz yoshlanishidan tashqari shish ham bezovta qilsa, kartoshkani doira shaklida kesib, 30-40 daqiqa davomida koʼzga qoʼyish mumkin.
- Tariq qaynatilgan suvni koʼzlardagi charchoqni olish uchun ishlatish mumkin.
Muhimi, yuqumli koʼz kasalliklari oʼzboshimchalik bilan uy sharoitida davolanmasligi kerak. Koʼzlarda yuqumli kasallik aniqlanganda oftalmologga murojaat etish va uning tavsiyalariga amal qilish zarur.