11:21 (05.02.2024)

829

Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2024 yilda taʼlim, sogʼliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʼlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʼilishi boshlandi. 

Soha uchun masʼul 13 ta vazirlik va idora hamda 223 nafar hokim oʼrinbosarlari bor.

Lekin taʼlim, tibbiyot, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalaridagi islohotlarning joylardagi ijrosini taʼminlashda kamchiliklar yoʼq emas.

Tibbiyotda ham kamchiliklar yetarli.

Soʼnggi yetti yilda tizimda 7 ta vazir almashdi, lekin sohani raqamlashtirish, tibbiy sugʼurtani joriy qilish sust kechmoqda.

Respublika markazlari bilan birlamchi boʼgʼin oʼrtasida integratsiya yoʼqligi qayd etildi.

Bosh vazirga muhokama qilinayotgan sohalarda vazirlar, vazir va hokim oʼrinbosarlari faoliyati boʼyicha takliflarni kiritish, har biri bilan bir yillik kontrakt tuzib, KPI belgilash topshirildi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech