11:50 (13.06.2024)

650

Qanday hollarda bemorga tayinlangan dori vositasining asosliligi tegishli mutaxassislar bilan kelishiladi?

"Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash,  xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisida"gi nizomga muvofiq , mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barcha tibbiyot tashkilotlarida bemorga majburiy tartibda xalqaro patentlanmagan nom boʻyicha retsept yozilishi lozim.

 Bemorga tayinlangan dori vositalari (halqaro patentlanmagan nomi, bir kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi va boshqalar) uning tibbiy hisob hujjatlarida (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi) qayd qilinadi va bevosita davolovchi shifokor tomonidan imzolanadi.

 Quyidagi hollarda bemorga tayinlangan dori vositalarining asosliligi tibbiyot tashkilotlarining boʻlim mudiri yoki navbatchi shifokori yoxud klinik farmakologi bilan kelishilishi lozim:

- bemorga bir vaqtning oʻzida besh va undan ortiq dori vositalari (dori vositalarining turidan qatʼi nazar) tayinlanganda;

- asosiy kasallikning asoratlari yoki hamroh kasalliklari mavjud boʻlganda.

Bunda, tayinlangan dori vositalarining asosliligi bemorning tibbiy hisob hujjatlarida (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi) qayd etilishi va ushbu tibbiy hujjatlar bevosita davolovchi shifokor hamda tibbiyot tashkilotlarining boʻlim mudiri yoki navbatchi shifokori yoxud klinik farmakologi tomonidan ham imzolanishi talab etiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech