14:41 (13.01.2023)
2390
Bugun Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining "QURAMAX MEDIKAL” MChJga farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan 2019 yil 10 dekabrdagi P6580-roʼyxat raqamli litsenziyani bekor qilish va qoʼllash uchun yaroqsiz dori vositalarini muomaladan chiqarib, yoʼq qilish toʼgʼrisidagi arizasini koʼrib chiqish boʼyicha ochiq sud jarayoni boʼlib oʼtdi.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 13 yanvardagi hal qiluv qarori bilan “QURAMAX MEDIKAL” MChJga farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan 2019 yil 10 dekabrdagi P6580-sonli litsenziya bekor qilinishi va qoʼllash uchun yaroqsiz dori vositalari muomaladan chiqarilib, yoʼq qilinishi belgilandi.
Sudning huquqiy taʼsir chorasini qoʼllash toʼgʼrisidagi ish boʼyicha ushbu hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmasa, qabul qilinganidan keyin oʼn kun oʼtgach qonuniy kuchga kiradi.
Shuningdek, mazkur iqtisodiy ishga doir vakolatli idora va mansabdor shaxslarning xatti-harakati yoki harakatsizligi yuzasidan qonun talablari buzilganligi boʼyicha huquqiy baho berish haqida xususiy ajrim chiqarilib, Toshkent shahar prokuraturasiga yuborilishi belgilandi.