09:00 (27.06.2025)
172
Irvindagi Kaliforniya universiteti olimlari kuchli jazirama issiqlik keksalarning immun tizimi va ichak faoliyatini sezilarli darajada zaiflashtirishini aniqladilar. Tadqiqot natijalari Science of the Total Environment jurnalida eʼlon qilindi.
Mutaxassislar guruhi turli yoshdagi sichqonlar ustida tajriba oʼtkazib, ularga hozirgi iqlim sharoitiga xos boʼlgan harorat taʼsirini oʼrgandilar. Yosh sichqonlar bilan solishtirganda kattaroq sichqonlarda ichak toʼsigʼining jiddiy shikastlanishi, tizimli yalligʼlanish, immunitet tizimining buzilishi, shuningdek, ichakda antibiotiklarga chidamli bakteriyalarning koʼproq oʼsishi kuzatildi.
Olimlar ilk bor jazirama issiq stresi va ichak salomatligining yomonlashuvi oʼrtasida bevosita bogʼliqlik borligini aniqlashli. Bu esa ogʼir infektsiyalar xavfini oshirishi maʼlum boʼldi. Shu bilan birga, yoshi katta sichqonlarda Roseburia intestinalis probiotigi bilan davolash muolajasi oʼtkazilganda, ularning immuniteti tiklandi va infektsiya alomatlari kamaydi.
Tadqiqot natijalari global isish va tez-tez kuzatiladigan issiqlik toʼlqinlari sharoitida, ayniqsa keksalarda, immunitet barqarorligini oshirish uchun ichak salomatligini qoʼllab-quvvatlash muhimligini koʼrsatmoqda.