09:52 (19.02.2024)

1078

Retsept bilan beriladigan dori vositalarini retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga oʼzgartirish mumkinmi?

Retsept bilan beriladigan dori vositalari retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga oʼzgartirilishi mumkin. Bunda, dori vositalarining foydali xususiyatlari va nojoʼya taʼsirlari qayta baholanishi lozim.

Retsept bilan beriladigan dori vositalarini retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga oʼzgartirishda ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- elektron yoki yozma shakldagi ariza;
- dori vositasini tibbiyotda qoʼllash boʼyicha yoʼriqnoma:
- dori vositasining xavfsizligi boʼyicha maʼlumotlar (klinik tadqiqot hisobotlari va davriy yangilanib boruvchi hisobot);
- dori vositasining qisqacha tavsifi.

Аriza vakolatni organ tomonidan 90 kundan oshmagan muddatda koʼrib chiqiladi.

Vakolatli organ tomonidan dori vositalarini retsept bilan beriladigan toifadan retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga oʼtkazish toʼgʼrisida qaror qabul qilinganida dori vositalarini berish tartibi aks ettirilgan hujjatlarga (tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnoma. oʼramning rangli maketi va dori vositasining meʼyoriy hujjatiga) tegishli oʼzgartirish kiritiladi hamda ushbu hujjatlar ariza beruvchiga taqdim etiladi.

Vakolatli organ tomonidan dori vositalarini retsept bilan beriladigan toifadan retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga oʼtkazish rad etilganida ariza beruvchi besh ish kuni ichida elektron va yozma shaklda xabardor qilinadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech