08:52 (14.03.2025)

78

15-yillik tadqiqot: baliq nogironlikni oldini oladi

Shvetsiyalik olimlar yog‘siz va yog‘li baliqlarni iste’mol qilish tarqoq skleroz tashxisi qo‘yilgan odamlarda nogironlikning boshlanishini sekinlashtirishi mumkinligini aniqladi.

Tarqoq skleroz asab tizimining surunkali otoimmun kasalligi bo‘lib, buning natijasida odam nogiron bo‘lib qolishi mumkin. Miya va umurtqa nerv impulslarining buzilishi qo‘l va oyoqlarning zaiflashishi, ko‘rishning yomonlashish, bosh aylanishi va harakatchanlikning pasayishiga olib keladi.

15-yil davomida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, yog‘li va yog‘siz baliqni ko‘proq iste’mol qilgan bemorlarda nogironlik darajasi sekinroq o‘sgan. Tadqiqotda yangi tashxis qo‘yilgan tarqoq skleroz (MS) bilan kasallangan 2719 nafar (o‘rtacha yoshi 38 yosh) ko‘ngilli ishtirok etdi. Ishtirokchilarning ovqatlanish ratsionlari va kasallik rivojlanishi kuzatib borilgan.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tashxis qo‘yilganda yog‘li va yog‘siz baliqlarni ko‘p iste’mol qilish kasallikning rivojlanish xavfini 44% ga va simptomlarning 3-darajali nogironlikkacha yomonlashishini - 45% ga kamaytiradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, terapevtik ta’sir baliq tarkibidagi omega-3 kislotalari bilan emas, balki taurin aminokislotalari bilan bog‘liq. Taurin organizmda turli funksiyalarni bajaradi, jumladan, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi ta’siri tufayli hujayralarni yo‘q qilishdan himoya qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech