11:50 (25.02.2025)
675
Rossiyada 1-martdan boshlab muddati o‘tgan dori-darmonlar va muomalasi cheklangan dori vositalarini sotishni taqiqlovchi qonun kuchga kiradi.
Taqiq "Chestniy znak" markirovkasi tizimida noto‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lgan dorilarga yoki tibbiy maqsadlarda qo‘llaniladigan dori vositalari harakatini monitoring qilish tizimida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan dori-darmonlarga ham tegishli bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, ushbu yangiliklar rossiyaliklarning sog‘lig‘ini, ayniqsa, fuqarolarning eng zaif toifasi - pensionerlarni muddati o‘tgan dori-darmonlarni bilmasdan qabul qilish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlardan himoya qiladi.
"Qanchalik g‘alati tuyulmasin, muddati o‘tgan dori vositalari cheklovlarsiz sotiladi, bu esa fuqarolar salomatligi uchun bevosita xavf tug‘diradi. Endi kassada dori vositasining QR-kodini skanerlaganda "Chestniy znak" tizimidan mahsulotning yaroqlilik muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar kelib tushadi. Agar muddati o‘tgan bo‘lsa, xarid amalga oshmaydi". - deydi Rossiya Davlat dumasining sog‘liqni saqlash qo‘mitasi rahbari Sergey Leonov.
Qonunda identifikatsiya vositalarini qo‘llash yoki ularni fuqarolik muomalasiga kiritish to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan dori vositalarini sotish taqiqlanadi. Shuningdek, hokimiyat organlari qarori bilan qo‘llanilishi taqiqlangan yoki fuqarolik muomalasi to‘xtatilgan dori vositalarini sotish taqiqlanadi.