14:50 (04.03.2025)

403

Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar B.T. va M.U. fuqaro M.X.ga 90 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini hamda 15 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini jami 8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda yana bir fuqaro F.M. fuqaro B.T.ga 80 dona “Zardeks” nomli dori vositalarini 2,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Sh. fuqaro M.X.ga 4 quti jami 200 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan “Benzonal” dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech