12:05 (02.11.2023)

1795

Saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish laboratoriyasi tashkil etiladi

Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Аxborot xizmati maʼlum qildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2023-2026 yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan amaliy loyihalar va 2023-2024 yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan innovatsion loyiha va Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligi doirasida 2023-2025-yillarda amalga oshiriladigan xalqaro qoʻshma amaliy loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Kengash a’zolari tomonidan energiya tejovchi texnologiyalarda foydalaniladigan silitsid metall va yarimoʻtkazgich birikmalar asosidagi nanooʻlchamli plyonkalarni olish texnologiyasini yaratish, Janubiy Orolboʻyi hududida yashovchi oʻsmir qizlarning reproduktiv salomatligiga baho berish va optimal reabilitatsiya usullarini ishlab chiqish, saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish laboratoriyasini tashkil etish, Koʻzi ojizlar uchun “Spelling audio dictionary” audio qoʻllanmasini yaratish, xalqaro matbuot erkinligi reytinglarida Oʻzbekiston mavqeini koʻtarishning milliy konsepsiyasini yaratish kabi loyihalarini moliyalashtirish qo‘llab-quvvatlandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech