14:50 (12.11.2024)
294
Savolga "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning Farmakologiya qo‘mitasi raisi Saidislom Abdullayev javob berdi.
- Hozirda shamollash kasalliklari, ORVI, GRIPP bilan bog‘liq mavsumiy kasalliklar bilan xastalanish holatlari ko‘p uchrayotgan davrda albatta dori vositalariga ehtiyoj ortishi tabiiy. Lekin har bir dori vositasini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashish, uning ko‘rsatmalariga qatiy amal qilish talab etiladi.
Bunda shifokor bemorga tayinlayotgan dori vositasini necha yoshdan boshlab ichish mumkinligi, qachon va qanday dozalarda, ovqatdan oldin yoki ovqatdan keyin qabul qilish, va ayniqsa qaysi dori vositalari bilan birgalikda ichish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risida malumot beradi.
Zero, shamollash kasalliklari, O‘RVI va GRIPP simptomlarini bartaraf etuvchi dori vositalari retseptsiz sotiladigan dori vositalari toifasiga kirganligi tufayli, ular bemorlar tomonidan mustaqil ravishda shifokor nazoratisiz qabul qilinadi. Shu boisdan ham bunday dori vositalarini qabul qilishdan avval ularning qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalari va ulardagi ko‘rsatmalar bilan albatta yaxshilab tanishib chiqish zarur. Ayniqsa, qo‘llash yo‘riqnomasidagi “dori vositalarini o‘zaro ta’siri” bo‘limiga juda katta e’tibor berish, uni puxta va batafsil o‘rganib chiqish lozim.
Chunki, mazkur dori vositalarining ta’sir etuvchi moddalari “Nosteroid yallig‘lanshga qarshi vositalar” guruhiga mansub bo‘lib, aksariyat hollarda ular bir vaqtda qo‘llanganda, albatta, ta’siri kuchayadi va kutilganidan ham ortiq samara kuzatiladi. Biroq, bu guruh dori vositalari birga bir vaqtda qo‘llanganda ularning nojo‘ya ta’sirlari ham haddan ziyod ortib, o‘ta noxush holatlarga olib kelishi mumkin.
Savolda aytilgan dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish orqali ularning ta’sir samarasi kuchaygani bilan birga nojo‘ya ta’sirlar juda kuchayib ketadi. Ya’ni, dori vositalari birga qabul qilinganda bir birini tasirini kuchaytirishi yoki samaradorligini pasaytirishi hamda biri ikkinchisining toksikligini oshirishi mumkin. Shuning uchun ham ularni qabul qilishda albatta shifokorga murojaat qilish lozim.