12:24 (20.12.2022)
3023
Prezident taʼkidlaganidek, bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta oʼzlashtirib, kompьyuterda ishlashni oʼrganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga, sanʼat va madaniyatga qiziqtirishimiz lozim.
Oʼquvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot koʼnikmalarini shakllantirish zarur.
Shu bois, 2023 yildan maktab taʼlimini xalqaro taʼlim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi.
Kelasi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 tasi kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelasi besh yilda ularning soni 1 mingtaga yetkaziladi.
Qoraqalpogʼiston va Xorazmda yoʼlga qoʼyilgan boshlangʼich sinf oʼquvchilari uchun bepul ovqatlanish amaliyoti kelasi oʼquv yilidan ushbu qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etilishi taʼkidlandi.