17:58 (06.05.2025)
32
Dastlabki shprislarning asosini shaffof boʻlmagan kauchikli silindr, metall porshen hamda nina tashkil etgan. Suyuq dori vositasini miqdorini oʻlchagichlar esa porshenda koʻrsatilgan edi. Chetdan qaraganda ushbu tibbiy vosita ichida qancha suyuqlik mavjudligini aniqlab boʻlmasdi. Shunga qaramay shifokorlar orasida shpris keng ommalashdi. Bu esa zamonaviy tibbiyot yana yangi bosqichga koʻtarilganidan darak beradi. Endi koʻpgina xastaliklarni tibbiyotchilar jarrohlik amaliyotisiz hamda samarali davolashlari uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi.
Shpris ilk kashf etilgan koʻrinishida uzoq muddat (salkam qirq bir yil) bemorlarga xizmat qildi. 1894-yilda fransuz shishasoz ustasi Furnye ushbu tibbiy vositaning silindrini shishadan yasadi. Bu yangilik ham toʻqimalar orasiga dori vositalarini yuborishda oʻziga xos usul boʻlgan. Chunki shaffof shisha orqali suyuq dori vositasi aniq-tiniq koʻrinib turardi.
Amerikalik kashfiyotchi Artur Smit 1950-yilda shprisni takomillashtirish ustida bosh qotirdi. Oʻsha yili u bir marta ishlatiladigan tibbiy vositani kashf etdi. U yaratgan shpris shisha silindr, plastik porshen hamda ingichka va uzun ignadan iborat edi. Ushbu igna zanglamaydigan metaldan yasalgan. Bu yangilik ham tibbiyot xodimlariga tez maʼqul boʻldi. Chunki oldingi shprislarni zararsizlantirish uchun ularni uzoq vaqt qaynatishga toʻgʻri kelgan yoki bu tibbiy vositalar keyinchalik maxsus bokslarda zararsizlantirilgan.
Yana oradan olti yil oʻtgach esa Yangi zelandiyalik farmatsevt Kolin Myordok 1956-yilda bir martalik shprisni yanada soddalashtirdi va uni butkul plastikdan yasadi.
Keyinchalik shprislarning turi koʻpaydi. Bunga koʻp marta qoʻllaniladigan shisha silindrli ulkan Jane shpritsini misol keltirish mumkin. Bu katta tibbiy vosita organizmda suyuqlik toʻplanganda, uni soʻrib olishda qoʻllaniladi. Shuningdek, qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlar uchun insulinga qaramlikda qoʻllanuvchi ingichka turdagi bir martalik shprislarni misol tariqasida koʻrsatish mumkin.