08:50 (25.12.2024)

146

Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi

“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);

29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;

30-dekabr (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;

31-dekabr (seshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;

1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;

2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech