11:50 (25.01.2024)
976
Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-38-son, 22.01.2024 y) qabul qilindi
Qarorga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi.
Loyiha ofisi quyidagi ustuvor yoʻnalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga masʼul etib belgilandi, jumladan:
- davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini va davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini toʻliq joriy etish;
- tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish;
- davlat xaridlari samarasi va shaffofligini oshirish, farmatsevtika sohasini isloh qilish;
- sanitariya qoida va normalarini zamonaviy talablar asosida yangilash.
2024-yilda:
➖ 40 ta sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari toʻliq qayta koʻrib chiqiladi va xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;
➖ respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya, kardiologiya, endokrinologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Milliy tibbiyot markazining faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullari va tibbiy yordam xavfsizligi va sifatining yuqori standartlari joriy etiladi hamda ular xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.