09:01 (19.10.2023)
1501
Oʼzbekiston Respublikasining Аholi sogʼligʼini saqlash kodeksini tasdiqlash toʼgʼrisidagi Qonun loyihasi muhokamaga qoʼyildi.
Kodeks loyihasining tarkibi quyidagicha:
Umumiy qism (5 ta bob):
- asosiy qoidalar;
- sogʼliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi;
- Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash tizimi va uni moliyalashtirish;
- raqamli sogʼliqni saqlash;
- sogʼliqni saqlash sohasi subʼektlarining huquq va majburiyatlari.
Maxsus qism ( 16 ta bob):
➖jamoat salomatligi muhofazasini tashkil etishning oʼziga xos xususiyatlari;
➖yuqumli va yuqumli boʼlmagan kasalliklar profilaktikasi;
➖tibbiy yordam koʼrsatishning umumiy qoidalari;
➖idoraviy tibbiyot;
➖sogʼliqni saqlash sohasidagi alohida munosabatlarni tartibga solish;
➖asosiy yuqumli va yuqumli boʼlmagan kasalliklarda tibbiy yordam koʼrsatish;
➖aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash;
➖donorlik va transplantatsiya;
➖farmatsevtik faoliyat, dori vositalari va tibbiy buyumlarning muomalasi;
➖sogʼliqni saqlash sohasida taʼlim va ilmiy faoliyat;
➖sogʼliqni saqlash sohasida kadrlar siyosati;
➖tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maqomi;
➖yakunlovchi qoidalar.
Kodeksda 48 ta atamaning tushunchasi keltirilgan. Kodifikatsiya natijasi boʼyicha 34 ta normativ huquqiy hujjatni oʼz kuchini yoʼqotgan deb topish rejalashtirilgan.
Loyiha oʼzgartirilishi, toʼldirilishi yoki rad etilishi mumkin.