17:45 (24.06.2025)
390
Shotlandiyaning Edinburg universitetidagi olimlar plastik chiqindilarni dori vositalariga aylantirishning inqilobiy texnologiyasini ishlab chiqdi.
Tadqiqotchilar jamoasi genetik jihatdan o‘zgartirilgan ichak bakteriyasi (E.coli) yordamida plastik idishlar tarkibiy qismlarini atigi 24 soat ichida paratsetamolning faol komponenti bo‘lgan tereftal kislotasiga aylantirishga erishdi. Ushbu tadqiqot natijalari Nature Chemistry ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Mutaxassislar pivo tayyorlash uchun ishlatiladigan fermentatsiya jarayonidan foydlangan. Bu jarayon xona haroratida va deyarli karbonat angidrid chiqindisisiz kechadi, shu bois bu zamonaviy dori ishlab chiqarishning yanada ekologik toza muqobili hisoblanadi.
Genetik jihatdan qayta dasturlangan ichak tayoqchasining tereftal kislotasi bilan reaksiyasi natijasida olingan mahsulotning taxminan 90 foizini paratsetamol tashkil etdi.
Ushbu texnologiya shisha va qadoqlashda ishlatiladigan plastik turi - polietilentereftalatni (PET) qayta ishlash uchun dolzarbdir. Har yili dunyoda 350 million tonnadan ortiq shunday chiqindilar hosil bo‘lib, ularning aksariyati chiqindixonalarga yoki okeanlarga tushadi.
Olimlar ushbu texnologiyani sanoatda qo‘llashga tayyorlash maqsadida takomillashtirishni davom ettirmoqda.