14:55 (30.04.2024)
806
Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti va Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʼzbekistonning Bolalarni saraton kasalligidan davolash uchun dori vositalari bilan taʼminlash boʼyicha Global platformasida ishtirok etishi toʼgʼrisidagi kelishuv imzolandi.
Unga asosan yurtimizning 14 ta tibbiyot muassasasi saraton kasalligiga chalingan bolalar uchun sifatli dori vositalarini uzluksiz qabul qilishi hamda ularni bu yoʼnalishda har tomonlama qoʼllab-quvvatlanishi koʼzda tutilgan.
Dunyoda birinchi boʼlgan ushbu platforma JSST va АQShning Sent-Jud bolalar ilmiy-tadqiqot shifoxonasining loyihasi boʼlib, bolalarni moliyaviy qiyinchiliklarsiz xavfsiz, samarali va sifatli saratonga qarshi dori vositalari bilan taʼminlashga qaratilgan. Oʼzbekiston unda ishtirok etuvchi mamlakatlardan biri sifatida tanlangan.
Kelgusi olti yil ichida Sent-Jud shifoxonasi Global platformaga 200 million АQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.