10:30 (25.09.2024)
480
Ma’lumki, joriy yil 5-fevral kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning Loyiha ofisiga xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda milliy klinik protokol va standartlarni xalqaro mezonlarga moslashtirish vazifasi topshirilgan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan JSST bilan hamkorlikda yangi metodologiya tasdiqlandi va uning asosida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida yangilangan milliy klinik protokollar tasdiqlanib kelinmoqda.
Hozirda vazirlikning www.ssv.uz rasmiy saytida klinik protokollar va standartlar bo‘limi mavjud bo‘lib, unda bu borada qabul qilinayotgan hujjatlar, tasdiqlangan milliy klinik protokollar va tibbiy standartlar bilan batafsil tanishish mumkin. Bu bo‘lim doimiy ravishda bosqichma-bosqich yangilanib bormoqda.
Milliy klinik protokol va standartlarni takomillashtirish jarayoni yil oxirigacha davom etadi va jami 300 dan ortiq kasalliklarni davolashga mo‘ljallangan va tibbiyot xodimlari uchun dasturilamal bo‘ladigan klinik protokollar tasdiqlanadi.