09:00 (19.09.2024)

418

GPP sertifikati talablari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi

 Kuni kecha “Surxon Dori-Darmon” MCHJda navbatdagi yigʻilish oʻtkazildi

Yig‘ilish kun tartibida:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF 5707-sonli farmoni ijrosini jadallashtirish, markaziy dorixona va shaxobchalarga GPP sertifikatini olish;

  2. Markaziy dorixonalarga 1-C dasturini o‘rnatib ishga tushirish choralarini ko‘rish;

  3. Va faoliyatga oid boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF 5707-sonli farmoni hamda 2024-yil 23-yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-20-son Farmoniga binoan:

2025-yil 1-yanvarga qadar — farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar;

2026-yil 1-yanvarga qadar — boshqa dorixonalar  Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtiriladi.

Yig‘ilishda mas’ullarga jamiyat tizimdagi dorixona va dorixona shoxobchalarida olib borilayotgan GPP talablariga muvofiq ta’mirlash va  jihozlash ishlarini yanada jadallashtirish, mas’ul tashkilotga arizalarni topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

“Surxon Dori-Darmon” MCHJda tarkibida 14 ta Markaziy dorixonalar mavjud bo‘lib, mas’ul bo‘limga mazkur dorixonalarga  1-C dasturini o‘rnatib, ishga tushirish choralarini ko‘rish, zarur holatlarda “Dori-Darmon” AK mutaxassislaridan kerakli tavsiyalarni olish bo‘yicha topshiriq berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda aholini sifatli va zarur dori vositalari bilan ta’minlash, jamiyatning chakana savdo aylanmasini oshirish, xodimlarning ishga mas’uliyat bilan yondoshishi, tartib-intizomga qat’iy amal qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

       

       

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech