17:49 (07.02.2024)
1013
Surunkali tonzillit — bu bodomchasimon bezlarda uzoq davom etadigan infeksion yalligʼlanish jarayoni. Bodomchasimon bez immunitet tizimining ajralmas qismidir. Uning asosiy vazifasi organizmga potogen bakteriya va viruslar kirishidan himoya qilishdir.
Keltirib chiqaruvchi omillar:
–oʼtkir respirator virusli va bakteriyali infektsiyalar;
– tishlarda karies;
– ogʼiz boʼshligʼi kasalliklari;
– immunitet tizimining pasayishi.
Аngina oʼz vaqtida davolanmay oyoqda oʼtkazilganda, bir qator asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin:
– revmatizm – biriktiruvchi toʼqmalarga zarar yetkazadigan tizimli yalligʼlanish,
–koʼpincha yurak klapanlari zararlanishi natijasida yurak kasalligi kelib chiqishi.
– revmatoid artirt – boʼgʼimlarning autoimmun kasalligi;
– glomerulonefrit – buyrak kasalligi boʼlib, buyrak qurishiga olib kelishi;
– tireoidit – qalqonsimon bez kasalligi.
Surukali tonzillitni davolash lor shifokori kuzatuvi va tavsiyalari asosida bajarish kerak.