10:29 (02.06.2023)

5543

Tadqiqot: talabalar ayrim taomlardan voz kechishi kerak

Olimlar talabalik yillarida toʻgʻri ovqatlanmaslik butun umr davomida sogʻliq muammolariga olib kelishini aniqladilar: semirish, nafas olish kasalliklari va depressiya. Tadqiqot Jinan universiteti tibbiyot fakulteti mutaxassislari tomonidan olib borildi. Bu haqda “gazeta.ru” xabar bermoqda. Tajribada Xitoyning 31 universitetidan 12 mingga yaqin talaba ishtirok etdi.

Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, talabalarning notoʻgʻri ovqatlanish odatlari, yaʼni shakarli va yuqori kaloriyali ovqatlarni koʻp isteʼmol qilishi kelajakda semirish xavfini oshiradi. Natijada stress va depressiya paydo boʻladi.

Agar universitet talabalari taomlanish ratsioniga befarq boʻlsa, nafaqat ortiqcha ovqatlanishning odatiy oqibatlari, balki yuqumli kasalliklarga chalinish xavfi ham ortadi.

“Biz talabalar uchun yaratilgan ovqatlanish muhiti haqida oʻylashimiz kerak. Biz oshxonalarimiz va savdo avtomatlarimizda sogʻlom ovqatlanish imkoniyatlari mavjudligiga ishonch hosil qilishimiz kerak, shunda ular yoʻl-yoʻlakay ovqatlanmasdan sogʻlom taomlarni ham tanlashlari mumkin”, — deya taʼkidladi olimlar.

Talabalar ratsionidan qanday ovqatni chiqarib tashlash kerak?

1. Fast-fud: gamburgerlar, hot-doglar, kartoshka fri. Ushbu mahsulotlardagi lazzat kuchaytirgichlar oʻziga qaram qiladi. "Tyez" tayyorlanadigan ovqatlarni tez-tez isteʼmol qilish sogʻliqdagi muamolarga sabab boʻladi.

2. Chipslar va krakerlar (suxariklar). Ularni doimiy isteʼmol qilish gastrit, oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin.

3. Mayonez va ketchup. Mayonezning tez-tez qoʻshilishi insonning qon tomirlariga taʼsir qiladi, gipertoniya va ateroskleroz kabi kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ushbu souslarning ikkalasida ham kimyoviy qoʻshimchalar va boʻyoqlarning yuqori miqdori mavjud.

4. Shakar va tuz. Shirinliklarni koʻp isteʼmol qilish semirish va diabetga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻldir. Tuzni ortiqcha isteʼmol qilish tanadagi suyuqlik darajasining buzilishiga olib keladi va bu oʻz navbatida, buyraklar, yurak va qon tomirlaridagi yukni oshiradi. Natijada - buyrak yetishmovchiligi, koʻrishning xiralashishi, yurak xuruji, insult yuzaga kelishi mumkin.

5. Gazlangan ichimliklar. Bunday ichimliklarning zarari ularning tarkibida mavjud boʻlgan oziq-ovqat kimyoviy qoʻshimchalarining ortiqcha miqdoridadir. Koka-kola, alkogolsiz ichimliklar, gazlangan suvlar tarkibida koʻp miqdorda shakar mavjud. Bunday ichimliklardan doimiy foydalanish kalsiyning suyaklardan asta-sekin yuvilib chiqib ketishiga, ovqat hazm qilish muammolariga va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi.

6. Qandolat mahsulotlari. Shokoladlar, shirinliklar ortiqcha miqdordagi shakarni oʻz ichiga oladi.

7. Popkorn. Maʼlumki, makkajoʻxori xavfli emas, lekin yogʻ, tuz, shakar, boʻyoqlar, lazzat kuchaytirgichlar, xushboʻy moddalar bilan birgalikda u sogʻliq uchun zararli oziq-ovqat mahsulotiga aylanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech