11:44 (04.01.2024)

1335

Tadqiqot: benzodiazepin homila tushish xavfini qariyb 70% ga oshiradi

Benzodiazepinga asoslangan tinchlantiruvchi preparatlar stressga qarshi kurashish, shu jumladan homilador bemorlarga buyuriladi. 2004-2018 yillarda Tayvan milliy universitetida xitoylik shifokorlar tomonidan oʼtkazilgan tadqiqotga koʼra, ushbu modda platsenta orqali homilaga kirib, bolaning rivojlanishi buzilishiga sabab boʼlishi mumkin. Tadqiqot natijalari JAMA Psychiatry ilmiy jurnalida chop etildi.

Xususan, bunday dori-darmonlarni qabul qilish homila tushish xavfini 69% ga oshiradi. "Shu bilan birga, ushbu dorilarning baʼzi mashhur shakllaridan, jumladan Fludiazepamdan foydalanish bu xavfni 2,52 barobar oshiradi", deyiladi maqolada. Bundan tashqari, yuqori dozalarda xavf yanada ortadi.

Tadqiqot davomidatugʼish yoshidagi 1,9 million ayolda 3,05 million homiladorlik jarayoni oʼrganib chiqilgan. Ularning 4,4 foizi (136 134 nafar ona) homilador boʼlgan. Shifokorlar, homilador ayollarga tinchlantiruvchi preparatlarni tayinlash boʼyicha joriy tavsiyalarni koʼrib chiqish zarurligini taʼkidlaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech