17:50 (18.04.2025)
98
Prezidentimizning 2022-yil 26-oktyabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-411-son hamda 2024-yil 29-noyabrdagi “Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-408-son qarorlariga koʻra:
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 5-son buyrugʻi tasdiqlangan (roʻyxat raqami 3611, 12.03.2025-y.)
Unga koʻra Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati tasdiqlangan.
Tarkibida "Semaglutid" (Semaglutide - teri ostiga kiritish uchun eritma, shpris-ruchkada katridj 1,34 mg/1 ml) saqlagan, dori vositasi mazkur roʻyxatning 22-tartib raqami ostida keltirilganligi tufayli Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladi.