14:50 (12.03.2025)
44
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R.Ph.” MCHJga qarashli dorixona ko‘zdan kechirilganda 90 156 dona tegishli hujjatlari bo‘lmagan, 12 686 dona davlat reyestrida qayd etilmagan, 16 728 dona muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan va 2 945 dona yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari savdoga qo‘yilganligi fosh etilib, umumiy bahosi 192,8 mln so‘mlik jami 122 515 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.