14:54 (24.04.2024)

812

Toshkent farmatsevtika sohasi vakillarining mintaqaviy uchrashuviga mezbonlik qilmoqda

Bugun poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “MDH farmatsevtika sohasini muvofiqlashtiruvchi organlar bilan mintaqaviy uchrashuv: Dori vositalarining sifatini taʼminlash va zamonaviy sifat muammolarini hal qilish” mavzusida xalqaro konferentsiya oʼz ishini boshladi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va АQSh Farmakopeyasi (USP) tomonidan tashkil etilgan ushbu anjumanda Turkiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Ozarbayjon va Tojikiston kabi mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni sogʼliqni saqlash vaziri oʼrinbosari Elmira Basitxanova kirish soʼzi bilan ochib berdi.

Shundan soʼng Mintaqalar va dastur operatsiyalari boʼyicha katta vitse-prezident Doktor Venkat Surendra Nath Koduru, USP EMEA bosh direktori Doktor Аlessandro Slama va Farmatsevtika xavfsizligi markazi direktori v.b. Аlisher Temirov sohadagi yangiliklar, dolzarb masalalar va iqtiqboldagi vazifalar hamda rejalar xususida soʼz yuritdi.

Shuningdek, “Farmatsevtika taʼminoti zanjirini mustahkamlash”, “Mintaqaviy uygʼunlikni targʼib qilish” va “Milliy nazorat laboratoriyasi: xizmatlar, muammolar va istiqbollar” kabi mavzularga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Konferentsiya ertaga ham oʼz ishini davom ettiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech