09:00 (10.01.2025)
43
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarma tomonidan “Ohangaron-Namangan” avtomobil yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.N. fuqaro I.Ya.ga xorijda ishlab chiqarilgan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 8 turdagi jami 10 255 quti dori vositalarini 19 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.