14:52 (26.02.2025)
398
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar A.A. va K.T. fuqaro G.B.ga jami 5 000 quti xorijda ishlab chiqarilgan “Neofagen” nomli dori vositalarini 45 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, ularning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda noqonuniy dori vositalarini Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi fuqaro R.B.ning xonadonida saqlab kelganliklari aniqlanib, tadbir yakunida umumiy bahosi 2,8 mlrd so‘mlik jami 7 760 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.