18:25 (03.05.2024)
707
Yuqori Chirchiq tumani Austrum akademiyasida boʼlib oʼtgan mazkur forumda Soʼgʼd viloyati hokimi Radjabboy Ahmadzoda boshchiligidagi delegatsiya hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan turli soha vakillari, tadbirkorlar ishtirok etdi.
Forumdan koʼzlangan maqsad ikki tomon oʼrtasida investitsiya shartnomalarini imzolash, tajriba almashinish sanaladi.
"Toshkent viloyat Dori-Darmon" aktsiyadorlik jamiyati ham biznes forum doirasida tashkil etilgan koʼrgazmada dori vositalari va tibbiyot buyumlari joy olgan stendi bilan ishtirok etdi.
Shuni alohida qayd etish joizki, viloyatning Tojikiston davlati bilan tashqi savdo aylanmasi (2024-yil yanvar-aprel oylarida) 11,6 million dollarni tashkil etadi. Shundan, eksport koʼrsatkichi 7,7 million dollar boʼlib, viloyatdagi 56 ta korxona tomonidan qoʼshni davlatga elektrotexnika, kimyoviy vositalar, metall, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar, qurilish materiallari eksport qilinmoqda.