14:51 (04.01.2024)

1230

Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish jadallashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-415-son Qarori (28.12.2023-yil) qabul qilindi.

Sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish va ish samaradorligini oshirish uchun “IT-Med”  davlat muassasasi tugatilmoqda va uning vazifalari “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator –«UZINFOSOM” MCHJ zimmasiga yuklatilmoqda.

Unga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklanmoqda:

  • sogʻliqni saqlash tizimida biznes- jarayonlarini maqbullashtirish va soddalashtirish;
  • “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimlarining yagona kompleksini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek ularning boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlash;
  • tibbiyot va farmatsevtika sohasida raqamli texnologiyalar va kommunikatsiyalar siyosati va standartlarini joriy etish va boshqalar.

    Hujjat bilan  Respublikaning barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan dorixonalar majburiy tartibda bosqichma-bosqich Raqamli sogʻliqni saqlash platformasiga ulanadi.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech