13:00 (26.08.2025)

151

АQSh olimlari autizmni davolash uchun yangi dorini kashf etdi

АQSh Stenford tibbiyot universiteti tadqiqotchilari autizmni davolashda katta yutuqlarga erishdi. Ular atigi bir doza bilan autizm alomatlarini bartaraf etadigan yangi dori vositasini kashf etgan.

Science Advances jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotda, sichqonlarda autizm spektrining buzilishini (PAC) oʼrganish natijasida, tadqiqotchilar talamusning sensor maʼlumotlarni qayta ishlash uchun masʼul boʼlgan retikulyar yadrosidagi giperaktivlik autistik xatti-harakatlar bilan bogʼliqligini aniqladi.

Olimlar sichqonlarga uliksakaltamid nomi bilan ham maʼlum boʼlgan Z944 preparatini, epilepsiyani davolashda qoʼllanilishi mumkin boʼlgan vositani — yuborishdi. Tajriba natijalari hayratlanarli boʼldi: preparat miyadagi ushbu faol sohaning faoliyatini susaytirdi va autizm alomatlarini bartaraf etdi.

"Olimlar aniqlashicha, preparatni sichqonlarga bir marta yuborishning oʼziyoq autizm bilan bogʼliq bir qator belgilarni bartaraf etadi. Bular qatoriga yorugʼlik va ovozga nisbatan ortiqcha sezuvchanlik, oʼzini oʼzi stimulyatsiya qilish, takroriy harakatlar, ijtimoiy muammolar hamda tutqanoq xavfining oshishi kiradi."-deyiladi maqolada.

Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, epilepsiya va autizmni nazorat qiluvchi miyadagi jarayonlar oʼzaro bogʼliq boʼlishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, autizmli insonlarda epilepsiya rivojlanish xavfi umumiy aholiga nisbatan 30 barobar yuqori. Bu holat vaqt oʼtishi bilan kognitiv funktsiyalarni yomonlashtirishi, nutq va ijtimoiy koʼnikmalarning orqaga ketishiga olib kelishi mumkin.

Olimlar taʼkidlashicha, Z944 preparati kelajakda ham autizm, ham epilepsiyani davolashda qoʼllanilishi mumkin. Biroq, bu dori hozircha keng omma uchun foydalanishga tayyor emas — u haligacha epilepsiya boʼyicha klinik sinovlardan oʼtmoqda. Shuningdek, bu preparat odamlarda qanday natija berishi hozircha nomaʼlum.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech