15:50 (02.12.2024)

916

Olimlar havoning ifloslanishi ko‘zga salbiy ta’sir qilishini aniqladi

Kolorado universitetining Anshuts tibbiyot kampusi olimlari havoni ifloslantiruvchi zarrachalar ko‘z kasalliklari bilan shifokorlarga murojaatlar sonini oshirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Clinical Ophthalmology jurnalida chop etildi.

Tadqiqotda allergiya bilan bog‘liq kundalik ambulatoriya tashriflari va havoni ifloslantiruvchi moddalar darajasi bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilindi. Ikki turdagi zarrachalar - PM10 (zarrachalar diametri 10 mikrongacha) va PM2,5 (2,5 mikrondan kam) ga alohida e’tibor qaratildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, PM10 konsentratsiyasi metr kvadrat uchun 110 mikrogramgacha ko‘tarilganda, ko‘z klinikalariga tashriflar soni 2,2 baravarga oshgan. Yuqori ifloslanish davrida bemorlar orasida eng ko‘p uchraydigan shikoyatlar konyunktivit va allergik reaksiyalar bo‘lgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, havo ifloslanishidan kelib chiqadigan sog‘liq uchun xavflar ko‘z muammolari bilan tugamaydi. Havo sifatining yomonlashishi o‘pka kasalliklari, yurak-qon tomir kasalliklari va hatto buyrak kasalliklari sonini oshiradi.

Bundan tashqari, yangi tadqiqotlar haroratning ko‘tarilishi va havoning ifloslanishini demensiya kabi kamroq o‘rganilgan surunkali kasalliklar bilan bog‘laydi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, havo ifloslanishiga qarshi kurashish sog‘liq uchun xavflarni sezilarli darajada kamaytiradi va odamlarning hayot sifatini yaxshilaydi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech