09:50 (01.02.2023)

2524

2022 yilda 3 mingdan koʼp amaldor jinoiy javobgarlikka tortilgan

Ularning davlatga keltirgan ziyoni esa 1 trilliondan ortiq.

Oʼzbekiston Bosh prokuraturasi mansabdor shaxslar jinoyatchiligi tahlilini taqdim etdi.
Unga koʼra, 2022 yil davomida respublika boʼyicha jami 2.965 ta jinoyat ishi boʼyicha 3.116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 110 nafari respublika, 264 nafari viloyat va 2.742 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 2.103 nafari oʼzganing mulkini oʼzlashtirish va rastrata yoʼli bilan talon - toroj qilish, 265 nafari mansab mavqeini suiisteʼmol qilish, 243 nafari firibgarlik, 169 nafari poraxoʼrlik, 51 nafari mansab soxtakorligi, 22 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 14 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va 249 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln. 12 mlrd. soʼm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan boʼlib, tergov jarayonida ushbu zararning 847 mlrd. soʼmi undirilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech