14:50 (09.01.2025)

95

2025-yilda 305 million kishi shoshilinch yordamga muhtoj bo‘ladi

Davom etayotgan mojarolar, iqlim o‘zgarishi va xalqaro gumanitar qonunlarga ochiqdan ochiq e’tiborsizlik kelasi yili butun dunyo bo‘ylab 305 million kishining hayotini saqlab qoladigan gumanitar yordamga muhtoj bo‘lib qoladi.

Bu haqda BMTning Favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi va BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari Tom Fletcher ogohlantirdi.

“Biz ko‘p qirrali global inqirozga duch kelmoqdamiz va buning narxini sayyoradagi eng zaif odamlar to‘lamoqda. Mojarolar uzoqroq, shiddatli va xavfli bo‘lib bormoqda", dedi Fletcher hamda 30 dan ortiq mamlakat va qochqinlar joylashgan to‘qqizta mintaqaga gumanitar yordam sifatida 47,4 milliard dollar ajratishga chaqirdi.

Global gumanitar ehtiyojlarning yangi bahosi 1500 dan ortiq tashkilotlar ma’lumotlarini tahlil qilish orqali ishlab chiqilgan. Butun dunyo bo‘ylab 305 million yordamga muhtoj kishidan faqatgina 190 millioniga yordam yetib borish kutilmoqda. Ayniqsa, aholisi bir necha o‘n yillar davomida zo‘ravonlik va beqarorlikdan aziyat chekkan mamlakatlarda bu holatning sabablaridan biri mablag‘ yetishmasligidir.

So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab mojarolar natijasida 123 millionga yaqin odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan, dedi Fletcher.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech