09:11 (05.10.2023)
1865
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman boʼlimi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.Ph.” MChJga qarashli dorixona mudiri J.Sh. tadbirkorning oʼziga ishonib topshirilgan 122,1 mln soʼmlik dori vositalarini oʼzlashtirish yoʼli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (oʼzlashtirish yoki rastrata yoʼli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, prokuraturaga yuborilgan.