15:00 (12.12.2024)

907

Dunyoda sun’iy intellekt texnologiyalari asosida 10 ga yaqin dori vositalari ishlab chiqilmoqda

Akademik Yevgeniy Shlyaxtoning ma’lum qilishicha, dunyoda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari asosida o‘nga yaqin dori vositalari ishlab chiqilmoqda. U bu ishlarni nafaqat yirik farmatsevtika kompaniyalari, balki IT gigantlari ham amalga oshirayotganini ta’kidladi.

Shlyaxtoning ta’kidlashicha, so‘nggi yigirma yil ichida yangi antibiotiklar ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, ammo SI allaqachon yangi antibiotikni taklif qilgan, u hozirda klinik sinovlarning uchinchi bosqichida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, sun’iy intellekt ushbu preparatni ishlab chiqish uchun o‘n millionlab bemorlarning ma’lumotlarini tahlil qilgan. Akademik, shuningdek, SI elektron tibbiy kartalarni tahlil qilish, dori vositalarining farmakinetik imkoniyatlarini o‘rganish, prognoz modellarini qurish kabi tibbiy amaliyotning ba’zi jihatlari bo‘yicha allaqachon shifokorlardan o‘tib ketganini ta’kidladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech