12:50 (20.02.2023)
2326
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, “S.D.” MChJga qarashli dorixona rahbari X.E. 30 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro K.M.ga 100 АQSh dollarga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan yana 166 dona “Regapen” nomli dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.