10:46 (11.06.2024)

918

Oʼzbekistonda 16 iyun - yakshanba kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʼgʼrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga koʼra, 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga toʼgʼri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16 iyunь Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. 

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʼgʼri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga koʼchiriladi, 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʼshimcha dam olish kuni boʼladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, masʼul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uygʼun holda oʼtkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʼʼtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech